23-31 may kunlari Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasida Jahon chempionati o`tkaziladi. Unda dunyoning 50dan ortiq davlatidan 400 nafarga yaqin yosh atletlar g`oliblik uchun bahs yuritishadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarni aniqlab oldi. Unga ko`ra, 14 nafar atletimiz dunyo birinchiligida Vatanimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasidan o`smirlar Olimpiadasi sovrindorlari Muhammadqodir Toshtemirov, Kumushxon Fayzullaeva, shuningdek, Tursunoy Jabborova, Nigora Abdullaeva, Hakimjon Shamsiddinov kabi iqtidorli yoshlar o`rin olgan.
Quyida yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoamiz a`zolari bilan tanishing:
Yigitlar:
-55 kg: Husinboy Matrasulov
-61 kg: Og`abek Nafasov
-81 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-81 kg: Hojiakbar Olimov
-89 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Valijon Sharipov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Mirhosil Mirzaboev
Qizlar:
-55 kg: Nigora Abdullaeva
-59 kg: Mashhura Rustamova
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-71 kg: Nigora Suvonova
-71 kg: Madinabonu Jo`raeva
-76 kg: Tursunoy Jabborova
Eslatib o`tamiz, ushbu Jahon chempionati og`ir atletika bo`yicha Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi so`nggi musobaqa hisoblanadi.






