Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning o`limi bo`yicha 7 nafar shaxsga nisbatan ayblov e`lon qilindi, deya xabar bermoqda Marca.
San-Isidro prokuraturasi sudyadan ayblov e`lon qilingan gumondorlarning Argentinani tark etishni cheklashni so`ragan.
Prokuratura ishida Maradonaning sog`lig`iga javobgar bo`lgan shifokorlar guruhining o`z ishiga sovuqqon munosabatda bo`lgani, qaramog`ida bo`lgan bemorni o`z holiga tashlab qo`ygani qayd etilgan.
Eslatib o`tamiz, Maradona 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida Argentinada vafot etgandi. Noyabr oyi boshida uning miyasida jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan va 12 noyabr kuni javob berilgandi. Diego Armandoning o`limiga yurak xuruji sabab bo`lgani aytilgandi.






