AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqining Xitoy bilan sarmoyaviy shartnomasi muzlatildi

'Evropa Ittifoqining Xitoy bilan sarmoyaviy shartnomasi muzlatildi'ning rasmi

Evropa parlamenti Evropa Ittifoqining eng yirik savdo hamkori bo`lgan Xitoy bilan sarmoyaviy shartnomasini muzlatib qo`ydi (2020 yilda AQSh ikkinchi o`ringa tushib ketgan edi). Bu haqda Ria Novosti ma`lum qildi.

Shartnoma qishda imzolandi, unga binoan Xitoy Evropa Ittifoqi bozori xitoyliklar uchun ochiq bo`lganidek, o`z bozorini evropalik investorlar uchun ochiq qilish majburiyatini oldi. Bu ikki tomonlama savdo uchun eng muhim hujjat, bu borada muzokaralar 2013 yildan beri olib borilmoqda.

Biroq, mart oyida Shinjonda inson huquqlari mavzusida munosabatlar yomonlashdi, tomonlar sanksiyalarni tarqatishdi. Endi Evropa parlamenti kelishuvni ratifikasiya qilish jarayonini blokirovka qiluvchi rezolyusiya qabul qildi.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar