"Barselona" klubi etakchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 28-turida "Eybar"ga qarshi (4:0) kechgan o`yinda dubl muallifi bo`lib, jamoasining yirik g`alabasiga o`z hissasini qo`shdi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsumdagi gollar sonini 21 taga etkazib, Ispaniya chempionati tarixida 8 mavsum davomida 20 va undan ko`p gol kiritgan ilk futbolchiga aylandi.
Taqqoslash uchun, 2009 yilda "Real" safiga kelib qo`shilgan Krishtianu Ronaldu 7 mavsumda ushbu natijani qayd etgan. Shuningdek, Alfredo Di Stefano, Ferens Pushkash, Kuini va Telmo Sarra olti mavsumda 20 va undan ortiq gol kiritishgan.





