1

Tojikistonda "Rangsiz tushlar" filmi namoyish etildi

Madaniyat 21.05.2021, 13:30
Tojikistonda "Rangsiz tushlar" filmi namoyish etildi

Kuni kecha Tojikistonda "O`zbek kino kunlari" doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" filmining namoyishi bo`lib o`tdi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Filmda 17 yillik mahkumlikdan keyin ozodlikka chiqqan ayol – Kashmiraning hayoti haqida hikoya qilinadi. Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibragimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.  

Bir qator nufuzli kinofestivallarda ishtirok etgan "Rangsiz tushlar" kinokartinasi Bangladeshda o`tkazilgan "Cinemaking International Film Festival" xalqaro festivalining "Eng yaxshi ssenariy" yo`nalishi bo`yicha  g`olib bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Tojikiston Respublikasidagi "O`zbek kino kunlari" 22 maygacha davom etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1