1

“O`zbek kinosi kunlari” Hisorda davom etyapti

Madaniyat 21.05.2021, 19:57
“O`zbek kinosi kunlari” Hisorda davom etyapti

Tojikiston Respublikasida 2021 yilning 19-22 may kunlari bo`lib o`tishi mo`ljallangan  “O`zbek kinosi kunlari” davom etmoqda.

20 may kuni o`zbekistonlik kino ustalari Tojikistonning Hisor  shahriga tashrif buyurishdi. Shahar madaniyat saroyida o`tkazilgan uchrashuv chog`ida O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “Tojikfilm” davlat muassasasi rahbari Mahmasaid Shohiyon, O`zbekiston xalq artistlari Tesha Mo`minov, Xayrulla Sa`diev, Hisor shahar raisining o`rinbosari Bunafsha Yo`ldoshzoda va  boshqalar so`zga chiqib, kino xalqlar va davlatlar o`rtasidagi mustahkam ko`prik ekanligi, o`zbek kinosi kunlarining xalqlarimiz o`rtasidagi do`stona munosabatlarni tiklashdagi ahamiyati xususida so`z yuritishdi.  

–Har ikki mamlakat rahbarining sa`y-harakatlari tufayli azaliy aloqalarimiz qayta tiklandi, bu  kino sohasidgi hamkorlik rivojida ham muhim o`rin tutadi, - dedi F.Abduxoliqov. – Bugun biz hisorlik muxlislar bilan uchrashuv chog`ida tomoshabinlar yuzida, ko`zida sog`inch va intilishni his qildik. Umid qilamizki, bu uchrashuvimiz oxirgisi emas. Biz o`zbek kinosining sara durdonalari bilan tojikistonlik kinomuxlislarni xushnud qilishda davom etamiz.

Shundan so`ng Ikkinchi jahon urushi davrida o`zbek xalqining hayoti, xususan toshkentlik Zulfiya Zokirova va farzandlarining qahramonona matonati  haqida hikoya qiluvchi “Ilhaq” filmi tomoshabinlar hukmiga havola qilindi.  

–Film tomoshablinlarga manzur bo`lganidan juda mamnunman, - dedi rejissyor Jahongir Ahmedov. – Zalning tomoshabi bilan to`lgani va ular namoyish so`ngiga qadar zalni tark etmagani meni juda xursand qildi. Ayrim muxzlislar filmni ko`zda yosh bilan tomosha qilishganini aytmoqda. Agar siz yaratgan film millati yoki vatanidan qat`i nazar har qanday muxlis qalbiga yo`l topa olsa, menimcha bu rejisyorning katta baxti.

–“Ilhaq” nafaqat o`zbek, balki tojik xalqining ham matonat madhiyasi bo`libdi, – deydi tomoshabilardan biri, hisorlik Nargiza Qosimova. – Chunki, qancha-qancha tojik onalari bu urush tufayli o`z farzandlaridan ayrildi. Qancha tojik ayolari bir umr urushda shahid ketgan yoriga sadoqat bilan yashab o`tdi. Menimcha bu filmni bugungi yoshlarimizning barchasi  ko`rishi, ibrat olishi kerak.

Shu kuni o`zbekistonlik mehmonlar Hisor shahrining diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Xususan, bir paytlar Bobur Mirzoning ham qadami tekkan ko`hna Hisor qal`asiga sayohat kinoijodkorlarga manzur bo`ldi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1