AsosiyDunyo

Isroil va Falastin yarashdi, ammo ziddiyat to`liq bartaraf etilmadi

'Isroil va Falastin yarashdi, ammo ziddiyat to`liq bartaraf etilmadi'ning rasmi

Isroilliklar va falastinliklarning yarashuvi ziddiyatni bartaraf etishidan umid qilib bo`lmaydi. BMTning falastinlik qochoqlarga ko`mak berish va bu boradagi ishlarni tashkillashtirish bo`yicha Yaqin Sharqdagi agentligi (UNRWA) shunday hisoblaydi.

O`t ochishni to`xtatish dastlabki qadam, lekin bu barcha muammoga echim bo`lmaydi, dedi agentlik direktori Mattias Shmale (Matthias Schmale) Jenevadagi chiqishi chog`ida. Uningcha, G`azodagi vaziyat, jumladan, bu erdagi ish joylarining tashkil qilinishi bilan bog`liq. “Odamning ishi bo`lsa hayot uchun o`zi pul ishlab topadi va BMTdan umid qilib o`tiravermaydi”, dedi u.

Ayni bir paytda Isroil mudofaa vaziri Beni Gans G`azodagi yarashuvdan qoniqish hosil qilishini ta`kidladi. Uningcha, harbiy kuch ishlatish davri o`tdi, endi masalaning hal qilinishidagi siyosiy bosqich boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar