AsosiySport

Neymar singlisining tug`ilgan kunini nishonlash uchun Braziliyaga uchib ketadi

“Barselona” hujumchisi Neymar Ispaniya chempionatida olgan sariq katochkalari ko`payib ketganligi uchun kecha “Eybar”ga qarshi o`yinni o`tkazib yubordi, deya xabar beradi Marca nashri. 

Braziliyalik futbolchi diskvalifikasiyasidan unumli foydalanish uchun singlisining tug`ilgan kunini nishonlash uchun o`z vataniga yo`l oldi. 

E`tiborili tomoni shundaki, Neymar o`tgan yili 8 mart kuni “Rayo Valekano”ga qarshi kechgan o`yinda ham maydonga tushmagan va singlisi Rafaella Bekranning tug`ilgan kuniga borib kelgandi. 

Ma`lumot uchun, Neymarning singlisi 1996 yil, 11 mart kuni tavallud topgan.

    Boshqa yangiliklar