Madridning “Real” jamoasi Evropa chempionlari ligasi 1/8 final javob o`yinida “Roma”ga qarshi bahs olib bordi. “Santyago Bernabeu” stadionida o`tkazilgan o`yinda Madrid klubi 2:0 hisobida zafar quchdi.
Ikki o`yin natijasiga ko`ra, Zinedin Zidan jamoasi 4:0 hisobida g`alaba qozondi va musobaqaning chorak finaliga yo`llanma oldi.
Evropa Chempionlar Ligasi. 1/8 final, javob o`yini
“Real Madrid” (Ispaniya) — “Roma” (Italiya) – 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 64 Ronaldu, 2:0 – 68 Xames
“Real” Madrid: Navas, Danilo, Pepe, Ramos, Marselo, Kroos, Modrich (Xese, 76), Kazemiro (Kovachich, 84), Xames, Ronaldu, Beyl (Vaskes, 61).
“Roma”: Shchesni, Florensi, Manolas, Zukanovich, Din, Pyanich (Venker, 46), Keyta (Maykon, 86), Salax, Perotti, El-Shaaravi (Totti, 74), Jeko.
Ogohlantirishlar: Danilo (37), Zukanovich (76).
Dastlabki o`yin: 2:0





