Bugun ham barcha hududlarda kasallanishlar aniqlanib, shifoxonada koronavirusdan davolanayotganlar soni 3841 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
2021 yil 22 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98451 (+287) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 8 nafari Namangan viloyatida,
- 43 nafari Samarqand viloyatida,
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg`ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 60 nafari Toshkent viloyatida,
- 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 16 nafar,
- Andijon viloyatida 29 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
- Namangan viloyatida 12 nafar,
- Samarqand viloyatida 39 nafar,
- Farg`ona viloyatida 12 nafar,
- Toshkent viloyatida 56 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 93930 (+297) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3841 nafar bemor davolanmoqda.