4R-4 «Toshkent sh. – Keles sh. –Qozoqkentsoy q. – M39» avtomobil yo`li (820 km) Sariyog`och qishlog`i shaxobcha avtomobil yo`lida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, Keles yo`li ko`chasi hamda Yuqori Ko`kterak ko`chalarini bog`lovchi yo`l o`tkazgich (ko`prik) sun`iy inshootida 2021 yil 23 may kuni soat 11-00dan ta`mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinchalik to`liq to`xtatildi (suratda qizil rangda). Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu yo`nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog`i hududidan o`tgan 4N-699 va 4K-702 avtomobil yo`li orqali tashkil etildi (suratda ko`k rangda).
"YPX inspektorlari tomonidan ko`rsatiladigan yo`nalishlar bo`yicha harakatlanishga, tartib intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini ta`minlashga hissa qo`shing", deyiladi xabarda.






