«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Evropaning joriy mavsumdagi eng yaxshi to`purariga aylandi.
32 yoshli polshalik hujumchi Bundesliga joriy mavsumida 29 o`yinda 41ta gol kiritib, «Oltin butsa»ga ega chiqdi.
Levandovski bu borada La Ligada 30ta golga mualliflik qilgan «Barsa» goleadori Lionel Messi va A Seriyada 29ta gol kiritgan «Yuve» forvardi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
O`tgan mavsum ushbu sovrin «Lasio» hujumchisi Chiro Immobilega nasib qilgandi. Italiyalik forvard A Seriya o`tgan mavsumida 36ta golga mualliflik qilgan.






