AsosiySport

Mamlakatim sharafini himoya qila olmaslik men uchun og`ir bo`ladi — Ramos

'Mamlakatim sharafini himoya qila olmaslik men uchun og`ir bo`ladi — Ramos'ning rasmi

«Real» klubi sardori Serxio Ramos Ispaniya milliy jamoasining Evro-2020 uchun chaqirilgan tarkibidan o`rin olmaganiga munosabat bildirdi.

«Bungacha faoliyatimda duch kelmagan g`alati mavsum va og`ir o`tgan so`nggi bir necha oydan keyin Evrodan chetda qolganim haqida eshitish oson emas.

Klub va milliy jamoa safida yuz foizlik natijaga erishish uchun har kuni bor kuch va imkoniyatimni ayamay ishladim. Biroq har safar ham barchasi sen o`ylaganingdek bo`lmaydi. «Real»ga yaxshiroq yordam bera olmaganim va Ispaniya safida Evro-2020da maydonga tusha olmasligim men uchun og`riqli. Biroq hozirgi vaziyatda dam olib, to`liq tiklanish va yangi mavsumda yangi kuch bilan qaytish eng to`g`ri yo`l bo`ladi. Mamlakatim sharafini himoya qila olmaslik men uchun og`ir bo`ladi, ammo bunga to`g`ri va xolis munosabatda bo`lishim kerak. Katta turnirda barcha jamoadoshlarimga omad tilayman. Sizni uyidan qo`llab-quvvatlaydigan muxlislar safi bittaga ko`paydi», - deya yozadi Ramos tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq, Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ramos jarohat olgani va mavsumning katta qismini o`tkazib yuborgani bois tarkibdan o`rin olmaganini aytib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar