AsosiyDunyo

“Dior” brendining asoschisi dunyoning eng boy odamiga aylandi

'“Dior” brendining asoschisi dunyoning eng boy odamiga aylandi'ning rasmi

Arnoning boyligi $186,3 milliardga baholangan.

"Louis Vuitton" va  "Dior"  kompaniyasining rahbari Bernar Arno dushanba kuni Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda spot.uz  Forbesga tayanib xabar bermoqda.

Unga ko`ra, Arnoning boyligi $186,3 milliardga, Bezosniki esa $186 milliardga baholangan, reytingning uchinchi pog`onasini $147,3 milliard bilan Tesla asoschisi Ilon Mask band qilgan.

Arno Forbesʼning jahon reytingida bir necha marotaba etakchilik qilgan. U 2019-yilning dekabrida Bezosdan ilgarilab ketgandi. 2021-yil yanvar oyida Ilon Mask ushbu ro`yxatda karvonboshilik qilgan.

    Boshqa yangiliklar