18 may kuni mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan shaxslarga sport bilan shug`ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini ta`minlash hamda davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori imzolangani haqida xabar bergan edik.

Shu munosabat bilan bugun, 25 may kuni O`zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining Bosh Assambleyasi o`tkazildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
Assambleyada dastlab O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov so`zga chiqib, so`nggi yillarda mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlarga alohida to`xtalib, bu jarayonda O`zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasining xizmatlarini alohida e`tirof etdi.
Bosh Assambleyada Rio-2016 Paralimpiya o`yinlari hamda Jakarta-2018 (Indoneziya) ParaOsiyo o`yinlarida yurtimiz paraatletlari tomonidan qo`lga kiritilgan muvaffaqiyatlar zamirida ham Muxtorxon Maqsudovichning xizmatlari beqiyos bo`lganligi e`tirof etildi.
Bosh Assambleyaga taklif etilgan delegatlar bir ovozdan M.Tashxodjaev nomzodini O`zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi raisi etib saylashdi.

Shuning bilan O`zbekiston Milliy paralimpiya assosiasiyasi Bosh Assambleyasi o`z ishini yakunladi.
Ma`lumot uchun, ayni damda 29 nafar o`zbekistonlik paralimpiyachi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlari yo`llanmasini qo`lga kiritishgan.














