Qozog`istonda Kostanay shahridagi «SararkaAvtoProm»da ishlab chiqarilgan "Chevrolet Equinox" avtomobillari sotuvga chiqarildi, deya xabar bermoqda Spot.uz.
Qozog`istonda ushbu turdagi avtomobillar uch xil rangda: oq, kulrang va qora ranglarda, 13 490 000 tenge (331 mln so`m atrofida) narxida sotilmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda Equinox bir yildan ortiqroq vaqt davomida sotuvda bo`ldi va keyinchalik (2021 yil fevralida) sotuvdan olib tashlandi.






