AsosiyDunyo

5 iyun kuni Qozog`iston hududida chet elliklarning vaqtinchalik bo`lish muddati tugaydi

'5 iyun kuni Qozog`iston hududida chet elliklarning vaqtinchalik bo`lish muddati tugaydi'ning rasmi

O`zbekistonning Olmatadagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarolariga joriy yil 5 iyun kuni Qozog`iston hududida chet elliklarning vaqtinchalik bo`lish muddati tugashini eslatdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Qozog`iston vakolatli organlariga ko`ra, 2021 yil 5 iyun kuni respublika hududida chet elliklarning vaqtinchalik qolish muddati tugaydi. COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan xorijliklarni mamlakatdan chiqib ketishiga imkoniyat bo`lmagani bois vaqtincha bo`lib turish muddatlari bir necha marta uzaytirilgan edi, - deyiladi  Bosh konsulxona xabarida. - Shu munosabat bilan chet elliklar va ularni taklif qilgan shaxslarni ma`muriy  javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida belgilangan muddatgacha Qozog`iston Respublikasi hududida qolishni  qonuniylashtirish so`raladi».

Qozog`iston hukumati xabarida ayni paytda davlat chegarasidagi er va havo qatnovlari odatiy tarzda  faoliyat yuritayotgani qayd etilgan. Rossiya, Belarus, Qirg`iziston, O`zbekiston, Tojikiston, Janubiy Koreya, Ukraina, Turkiya, Misr, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Niderlandiya, Gruziya, Chernogoriya va Shri – Lanka kabi 15 davlat bilan muntazam qatnovlar yo`lga qo`yildi.

Ta`kidlanishicha, Qozog`iston chegara xizmati chet ellik fuqarolarning mamlakatdan to`siqsiz qaytishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Bosh konsulxona O`zbekiston fuqarolaridan Qozog`iston Respublikasi hududida vaqtincha bo`lib turish muddati tugagan bo`lsa, o`zlarining yashash joyidagi ichki ishlar organlarida mamlakatda qolish holatini qonuniylashtirish yoki 2021 yil  5 iyundan oldin mamlakat hududini tark etishini tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar