AsosiyDunyo

Ko`plab fuqarolar Turkiya konsulxonasidan norozi. Konsullik vaziyatga oydinlik kiritdi

'Ko`plab fuqarolar Turkiya konsulxonasidan norozi. Konsullik vaziyatga oydinlik kiritdi'ning rasmi

Ohirgi paytlarda O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga Konsullik yig`imlari (to`lovlari) bo`yicha ko`plab fuqarolardan shikoyatlar kelib tushmoqda. Holat yuzasidan Konsulxona tushuntirish berdi.

 Fuqarolarning noroziligiga asosiy sabab  vatandoshlarning aksariyat  qismi hujjatlarni tayerlashda tegishli byurolar xizmatidan foydalanishlari,  va bu ham o`z navbatida qo`shimcha harajatlarni keltirib chiqarishi va hattoki bir xil holatlarda konsullik harakatlari uchun undiriladigan asosiy yig`im narxidan 2-3 barobarga qimmatga tushishini kuzatish mumkin.

Shu o`rinda,  Bosh konsulxona biror bir xizmat ko`rsatish byurosi bilan birga ish olib bormasligini va ular tomonidan belgilangan xizmat to`lovlariga ham javobgar emasligini eslatib o`tadi.  

Bugungi kunda konsullik yig`imlari bo`yicha tariflar quyidagicha:

1. Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish;    

⁃ 1-16 yoshgacha 10 AQSh dollari,          

⁃ 16 yoshdan yuqorilarga 60 AQSh dol.

2. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish.              

- 1-16 yoshgacha 20 AQSh dol.                    

- 16 yoshdan oshganlar uchun  

170 AQSh dol.

3. Notarial xarakatlar uchun to`lov 35 AQSh dol (avtomobilni boshqarish va sotishga ishonchnoma bundan istisno)

4. Xujjatlarni  haqiqiyligini va ularni qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash  (onay) 40 AQSh dol.

5. Barcha turdagi ma`lumotnomalar 40 AQSh dol. (istisno tariqasida vafot etgan insonnining jasadini qarindoshlari tomonidan Vatanga olib ketish uchun mo`ljallangan ma`lumotnomadan davlat boji undirilmaydi)

6. O`zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to`g`risidagi arizani ro`yxatdan o`tqazish - 120 AQSh dol.

7. Xujjatlarni talab qilish uchun (diplom, haydovchilik guvohnomasi) - 70 AQSh dollari.  

8. Viza bo`yicha to`lovlar vizaning turi va muddatiga qarab belgilanadi.

Barcha to`lovlar Bosh konsulxonaning hisob raqamiga bank orqali to`lanadi.

O`z o`rnida, fuqarolarga kerakli hujjatlarni o`zlari tomonidan to`ldirish orqali ma`lum bir mablag`larni tejab qolish mumkinligini eslatib o`tamiz.  

Konsullik xizmatlari,  hakida Bosh konsulxonaning o`zida, interaktiv konsullik xizmatlari veb-portalida yoki istanbul2020 telegram kanali orqali batafsil ma`lumotga ega bo`lishlari  mumkin.

    Boshqa yangiliklar