1

Allergik kasalliklarga qarshi bepul konsultasiya bo`lib o`tadi

Salomatlik 26.05.2021, 23:04
Allergik kasalliklarga qarshi bepul konsultasiya bo`lib o`tadi

2021 yil 28-29 may kunlari Respublika allergologiya ilmiy-ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi maslaxat poliklinikasida “Xalqaro astma va allergiyaga qarshi kurash kuni”ga  bag`ishlangan allergik kasalliklari bo`lgan kattalar va bolalar uchun bepul konsultasiya aksiyasi o`tkaziladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu tadbir “Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo`yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida“ gi  Prezident qarori ijrosini ta`minlash maqsadida o`tkaziladi.  

Tadbir  allergologiya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan etakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Konsultasiya doirasida bepul ko`riklar, allergik kasalliklarini aniqlash, kasallikka oid tavsiyalar tashkil etiladi.

Konsultasiyalar markazning konsultativ poliklinikasida 09:00 dan 16:00 gacha amalga oshiriladi.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar ko`chasi, 2-uy.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1