«Real» klubi yozgi transfer oynasida asosiy tarkibining bir qator futbolchilari bilan xayrlashadi, deya xabar bermoqda AS.
Manbaning yozishicha, himoyachilar Rafael Varan, Marselo hamda yarimhimoyachi Isko deyarli «bir oyog`i» bilan jamoadan tashqarida, deb sanalmoqda. Klub Marselo va Iskoning transferi orqali katta mablag` ishlab olishga ishonmayotgan bo`lsa-da, fransiyalik himoyachi Varan transferidan 60 million evro ishlab olmoqchi. Jami uch nafar o`yinchining sotuvidan klub byudjetiga 100 million evro tushum bo`lishiga umid qilinmoqda.
Qayd etilishicha, Varan masalasida klub Angliyadan takliflarga ega. Avvalroq, Rafaelga «Chelsi», «Arsenal» va «MYu» klublari qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.






