Koronavirusga qarshi emlash majburiy bo`lmasligi kerak, ammo odamlarning o`zi ushbu emlashlarga ehtiyoj sezishi kerak. Bugun, 26 may kuni bu haqda iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan yig`ilishda Rossiya Prezidenti Putin fikr bildirdi.
Videokonferenssaloqa orqali o`tkazilgan iqtisodiy yig`ilishda Putin ushbu mavzu bo`yicha turli xil fikrlar bildirilganligini, shu jumladan butun aholi o`rtasida majburiy emlashni joriy etishga qarshi ekanini bildirgan.
"Mening fikrimcha, majburiy emlashni joriy qilish mumkin emas va bu xato", dedi davlat rahbari. Unga ko`ra, "fuqarolar ushbu ehtiyojni o`zi anglashi kerak" va emlashsiz ular "o`ta jiddiy va hatto o`lim xavfiga duch kelishlarini anglashi lozim" .
Putinning ta`kidlashicha, koronavirus pandemiyasi asosiy masala - "odamlarni himoya qilish, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini ta`minlash" ning ahamiyati juda muhim.
Risolat MAXSIMOVA






