O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov kuni kecha Qozog`istonda bo`lib, “Buyuk ipak yo`li – bebaho meros” deb nomlangan Xalqaro Forumda ishtirok etdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Safar doirasida A.Abduxakimov Turkiston shahridagi “Turkiston Arena” sport majmuasi bilan ham yaqindan tanishdi. Bu erda shu kuni Qozog`iston birinchi ligasi doirasida “Qiron” va “Maxtaorol” jamoalari o`rtasida uchrashuv bo`layotgan ekan.
O`yin yakunida turizm va sport vaziri “Turkiston Arena” maydonining holatini ham ko`zdan kechirdi. Qolaversa o`zining futbolchilik mahoratini namoyish etdi.
Shu bilan birga safar davomida ikki qo`shni davlat o`rtasida sport borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar berildi.












