1

“Xalq yuragi” hujjatli filmlari bo`yicha taqdimot bo`lib o`tdi

Madaniyat 29.05.2021, 19:56
“Xalq yuragi” hujjatli filmlari bo`yicha taqdimot bo`lib o`tdi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Xalq yuragi” turkum hujjatli filmlarini yaratish bo`yicha navbatdagi taqdimot bo`lib o`tdi. Bu xaqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur filmlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Adiblar xiyoboniga 2020 yil 20 may kuni tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va o`tkazilgan majlis 35-sonli Bayonining 6,9,10-bandlariga muvofiq Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan 24 nafar shoir-yozuvchilar haqida suratga olinmoqda.

Taqdimotda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori Bahodir Odilov mazkur filmlarni yaratish bo`yicha oliy o`quv yurtlari bilan memorandum asosida tuzilgan shartnomalar muddati joriy 2021 yilning 15 iyuliga qadar uzaytirilganini ma`lum qildi.

Ijodiy guruhlar rahbarlari, rejissyorlar mazkur filmlarni yaratish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1