«O`zgidromet» xizmati 31 may, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20–22 daraja iliq, kunduzi 37–39 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22–27 daraja iliq, kunduzi 37–42 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20–25 daraja iliq, kunduzi 37–42 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19–24 daraja iliq, kunduzi 37–42 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 33–38 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li va tog`oldi hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15–20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10–15, kunduzi 23–28 daraja iliq bo`ladi.






