Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijonda kelin o`z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o`ldirgani aytilmoqda" sarlavhasi ostida xabar tarqalmoqda.
Xabar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:
"Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi.
Aholi orasida yolg`on, haqiqatga to`g`ri kelmaydigan hamda vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud!" - deyiladi rasmiy xabarda.