1

Samarqandda 9-sinf o`quvchisi sheriklari bilan maktab “zamdirektor”ini do`pposladi

Jamiyat 31.05.2021, 13:30
Samarqandda 9-sinf o`quvchisi sheriklari bilan maktab “zamdirektor”ini do`pposladi

Samarqand viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, 2021 yil 26 may kuni direktor o`rinbosari A.S. 9-sinf o`quvchisi A.Sh. imtihonga kechikib kelganligi sababli unga tanbeh berib, og`zaki urishganligi uchun o`quvchi arazlab maktabdan chiqib ketib, shu kun amakisining o`g`illari M.Sh. va S.Sh.larni maktabga birga olib kelgan, ular direktor o`rinbosarini xizmat xonasida urishib, unga tan jarohati etkazishgan.

Ushbu holat bo`yicha 31 may kuni Tayloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.Sh. va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1