1

1 iyundan yoshlarga kompyuter sotib olishlari uchun 6 mln 125 ming so`mgacha iste`mol kreditlari ajratiladi

Jamiyat 31.05.2021, 14:21
1 iyundan yoshlarga kompyuter sotib olishlari uchun 6 mln 125 ming so`mgacha iste`mol kreditlari ajratiladi

Qonunchilikka ko`ra, 1 iyundan  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo`lgan miqdori kompensasiya qilinadi.

Professional ta`lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko`rsatish korxonalarida amaliyot o`tagan vaqtida, biroq 6 oydan ko`p bo`lmagan muddatda professional ta`lim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan BHMning 2 baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.

 “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko`p bo`lmagan miqdorda iste`mol kreditlari ajratiladi.

 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta`lim fanlari bo`yicha nodavlat ta`lim tashkilotlarida o`qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigacha bo`lgan miqdori hamda ular bo`yicha milliy sertifikatlar olish uchun o`tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari kompensasiya qilinadi.

 “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o`qish xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o`qitish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo`lgan qismi kompensasiya qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1