AsosiyJamiyat

Yil boshidan buyon avtohalokatlar oqibatida vafot etgan bolalar soni 64,5 foizga oshib ketgan

'Yil boshidan buyon avtohalokatlar oqibatida vafot etgan bolalar soni 64,5 foizga oshib ketgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, polkovnik Erali Bozorov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, maktablarga etaklovchi yo`llarda piyodalar svetoforlarini chaqiruv moslamasiga o`tqazish zarur 185 zamonaviy piyodalar o`tish joylari etishmaydi.  

 Piyodalar yo`lakchalari tashkil etilmaganligi va yoritilmaganligi natijasida erta tongda yoki tungi vaqtlarda voyaga etmagan piyodalarning harakatlanish xavfsizligini ta`minlash imkoniyati cheklanmoqda. 2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyini sun`iy yoritish zarur.

Shuningdek, maktablarda o`quvchilarga yo`l harakati qoidalarini o`rgatish talab darajasida yo`lga qo`yilmagan. Hali-hanuz bu yo`nalishda alohida darslar tashkil etilmagan. Darslar faqat boshqa fanlar hisobidan, etarli malakaga ega bo`lmagan o`qituvchilar tomonidan olib boriladi.

 2021 yilning 4 oyi davomida bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalari soni 25,3 foizga, ularda halok bo`lgan bolalar soni 64,5 foizga oshib ketgan.

    Boshqa yangiliklar