1

O`zgidromet yangi hafta davomida yurtimizda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi

Jamiyat 31.05.2021, 15:27
O`zgidromet yangi hafta davomida yurtimizda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi

Hafta davomida O`zbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bo`lishi davom etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1 iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Ish haftasi davomida ko`pchilik viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25 darajani, kunduz kunlari 37-39 darajani, janubda va cho`l hududlarida 38-43 darajani tashkil etadi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo`ladi.

31 may va 1-2 iyunda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1