AsosiyJamiyat

Toshkentda YTHga uchragan fuqaro shifoxonada vafot etdi

'Toshkentda YTHga uchragan fuqaro shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 21 may kuni taxminan soat 20.00 da Yangihayot tumani Binokor ko`chasida «Lacetti» avtomobilini (davlat raqami 01 751 ANA) boshqarib borgan 1967 yilda tug`ilgan Sergey S. tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

YTH natijasida priyoda – 1966 yilda tug`ilgan Asliddin B. badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildi. 

Joriy yilning 27 may kuni tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan Asliddin B. hayotdan ko`z yumdi. 
Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan mazkur fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar