AsosiyJamiyat

O`zbekiston saylov qonunchiligiga o`zgartirishlar kiritildi

'O`zbekiston saylov qonunchiligiga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan ko`rib chiqiladi.  

Prezident saylovini o`tkazish bo`yicha okrug saylov komissiyasi 8–18 a`zodan iborat tarkibda tuziladi.  Ilgari 6-8 nafar edi.

Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg`ulotining turi), ish joyi kiritilmaydi.

️Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o`tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o`tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o`tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.

Boshqa yangiliklar