1

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan 7 nafar fuqaroga yordam ko`rsatildi

Jamiyat 31.05.2021, 21:16
Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan 7 nafar fuqaroga yordam ko`rsatildi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyada og`ir vaziyatga tushgan fuqarolar haqida xabar qildi.

Samarqandlik L.K va xorazmlik J.A uch nafar voyaga etmagan farzandlari bilan ishsiz, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz moliyaviy qiyin ahvolda qolgan.

Bundan tashqari, andijonlik X.A ishlash maqsadida joriy yilning may oyida Rossiyaga borgan. Biroq salomatligi yomonlashgani sababli ishlay olmagan.

Shuningdek, samarqandlik A.A Moskva shahrida baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchragan. Ushbu fuqaroga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan davolanishga yordam berilib, vaqtinchalik yashash uchun xostelga joylashtirilgan.

Mazkur fuqarolarga O`zbekistonning Rossiyadagi konsullik idoralari tomonidan "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi. 31 may kuni Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Moskva-Toshkent, Sankt-Peterburg-Toshkent aviareyslari orqali O`zbekistonga qaytarildi.

Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va  Xalqaro migrasiya tashkiloti xodimlari kutib olib, o`z manziliga kuzatib qo`ydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1