1

Qashqadaryoda eksportbop qora tarvuz etishtirildi

Jamiyat 31.05.2021, 23:01
Qashqadaryoda eksportbop qora tarvuz etishtirildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida dehqon va fermerlar, qolaversa, tomorqa egalari ham meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini etishtirishning o`ziga xos usullari va yo`llarini izlab topmoqda.

Tumanning O`tamayli hududida har yili may oyining birinchi o`n kunligida qovun va tarvuzlar mamlakatimizda birinchi bo`lib pishib etiladi hamda eksportga jo`natiladi.

Bu yil tarvuz etishtirishda yana bir yangilikka qo`l urildi. Usta dehqonlarning tinimsiz izlanishlari va mehnati natijasida urug`siz pishib etiladigan qora tarvuzlar etishtirildi.

- Rossiyalik xaridorlarning tavsiyasi bilan ilk marotaba tarvuzning yangi “Style” navini etishtirdik, deydi Ulug`bek Jumanazarov. Lalmi erlarda qurilgan issiqxonalarda parvarishlangan tarvuzlar eksportga mo`ljallangan. Hosil ko`rganingizdek may oyida tayyor bo`ldi.

Darhaqiqat, mahsulotlar tarkibidagi moddalar miqdorini saqlash maqsadida mahalliy o`g`itlardan foydalanilmoqda. Bu esa o`zining yaxshi samarasini ko`rsatib, xaridorlar talabini to`la qondiradi.

Ayni kunlarda tumanning lalmi maydonlaridan qo`shimcha erlar o`zlashtirilmoqda, qishloq xo`jaligi va poliz mahsulotlari etishtirish hajmi ham yildan-yilga ortmoqda.

Asosiysi, mahsulotlarni xalqimiz dasturxoniga ertaroq taqdim etishga erishilmoqda.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas`ul xodimlari ushbu hududdagi fermer va tomorqa egalari huzuriga tashrif buyurib, mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda yaratilgan qulayliklar  to`g`risida tushuntirishlar berishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1