AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro Hindistonga davolanish uchun bormoqchi bo`lgan og`ir kasalning plastik kartasiga yig`ilgan xayriya pullarini o`marib ketdi

'Buxoroda fuqaro Hindistonga davolanish uchun bormoqchi bo`lgan og`ir kasalning plastik kartasiga yig`ilgan xayriya pullarini o`marib ketdi'ning rasmi

Buxoroda muhtoj insonning plastik kartasiga yig`ilgan xayriya pullarni o`margan tuban firibgar qo`lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Gap shundaki, Jondor tumani Ichki ishlar bo`limi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 9 aprel kuni noma`lum shaxs aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish maqsadida, Jondor tumani Obod mahallasida yashovchi, H.Sh. ismli betob shaxsning Hindistonga borib davolanishi uchun pul to`plash maqsadida e`lon qilingan “Xayriya” orqali ko`ngilli fuqarolardan yig`ilgan pullarni o`zlashtirishni rejalashtirib, dastlab uning nomiga AGROBANK Jondor tumani filiali tomonidan rasmiylashtirilgan “Uzkard” plastik kartasiga “Bankomat” tizimi orqali xayriya qilib, plastik egalarini chalg`ishini oldindan bilgani holda, o`zining jinoiy rejasiga ko`ra kelgusida plastik kartada mavjud bo`lgan pullarni aldov yo`li orqali qo`lga kiritish uchun yanada ko`proq miqdordagi pullarni xayriya qilishni va`da qilib, aldov yo`li bilan plastik kartaning maxfiy kodi va raqamlarini bilib olib, kartaga yig`ilgan 1.034.000 so`m xayriya pullarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha viloyat IIB hamda Jondor tumani Ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv hamda texnikaviy tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 2003 yilda tug`ilgan, 18 yoshli N.Sh. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa fuqarolarga nisbatan ham xuddi shu kabi yoki virtual jinoyatlarning boshqa turlari bilan bog`liq jinoyatlarni sodir qilgan qilmaganligini aniqlash yuzasidan qo`shimcha tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari  davom ettirilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar