1

Chilonzorda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona sotuvchisi ushlandi

Jamiyat 01.06.2021, 12:32
Chilonzorda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotgan dorixona sotuvchisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “S.” MChJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchisi U.X. va boshqalar xaridorga inson salomatligiga kuchli ta`sir qiluvchi 3 dona “Regapen” va 2 dona “Zardeks” nomli dori vositalarini jami 90 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida dorixonada muomalaga kiritish uchun saqlab kelinayotgan 17 dona “Tropikamid”, 19 dona “Regapen”, 54 dona “Selofen” va 63 dona “Zardeks” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Ekspertiza xulosasida 65 dona kapsuladagi “Zardeks” dori vositasi qalbakiligi, shuningdek ushbu dori vositalari tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini o`tkazish, shuningdek tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, unutmang! Tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste`mol qilish inson salomatligiga jiddiy xavf tug`diradi. Shu bois, ushbu dori vositalarini faqat shifokor resepti asosida maxsus lisenziyaga ega bo`lgan dorixonalardan xarid qilishingizni so`rab qolamiz. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1