AsosiyJamiyat

Buxoro viloyati IIB mas`ul rahbarlari ustidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda

'Buxoro viloyati IIB mas`ul rahbarlari ustidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda partiyaga a`zo bo`lish jinoyatga tenglashtirildimi? yoki Shofirkonlik Jasurbek Usmonov noqonuniy talablar va ta`qiqlar iskanjasida qolmoqda...” sarlavhasi ostida e`lon qilingan videomurjaat yuzasidan viloyat IIB tomonidan rasmiy ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, ushbu videomurojaat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganish ishlari boshlab yuborilib, hozirgi kunda Shofirkon tumani Ichki ishlar bo`limining yurituvida bo`lgan ish hujjatlari hamda mazkur materiallar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borgan xodimlar, shuningdek tuman IIB mas`ul rahbarlarining hatti-harakatlarida xizmat intizomini buzish holatlari yuz bergan bermaganligini aniqlash borasida xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

Tekshiruv yakunlari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berilishi ma`lum qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar