1

Yangi elektron “aqlli” hisoblagichlar adashadimi yoki elektr ta`minoti korxonasimi?

Jamiyat 01.06.2021, 14:44
Yangi elektron “aqlli” hisoblagichlar adashadimi yoki elektr ta`minoti korxonasimi?

Joriy yilning aprel oyida Urganch shahar, “Mash`al Xorazm” ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro yangi sotib olgan xonadoniga Urganch shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan yangi elektron elektr energiya hisoblash uskunasi o`rnatib beriladi. 

Oradan ko`p vaqt o`tmasdan, telefon raqamiga uning elektr energiyasidan 1 200 000 so`mdan ortiq qarzdorligi to`g`risida sms xabar kelib tushganligini ko`rgan iste`molchi bu anglashilmovchilik bo`lsa kerak, degan maqsadda shahar elektr tarmoqlari korxonasiga shoshadi. Lekin afsuski shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari iste`molchiga ushbu qarzdorlikni to`lashi kerakligi, aks holda tarmoqdan ajratilgan holda qarzdorlikni undirish chorasi ko`rilishini aytadi. Iste`molchi bu hisoblagich yangi o`rnatilganligi, bu uyda hech kim istiqomat qilmasligini har qancha tushuntirishiga qaramasdan, korxonaning mutasaddi xodimlari iste`molchining e`tirozlarini inobatga olmasdan, fuqaroni ortiga qaytarib yuborishadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holatdan norizo bo`lgan iste`molchi Qo`mitaning hududiy boshqarmasiga murojaat etadi.

Hududiy boshqarma xodimlari ushbu murojaat yuzasidan o`rganish ishlarini olib bordi. O`tkazilgan o`rganishlar davomida, iste`molchining shaxsiy abonent varaqasi tahlil qilib ko`rildi hamda abonentning shaxsiy hisob raqami “Elektrhisob” dasturiga noto`g`ri kiritilib, iste`molchiga asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanganligi ma`lum bo`ldi. Ushbu noto`g`ri hisoblangan qarzdorlik tez orada iste`molchining foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, iste`molchining buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1