1

Qashqadaryoda “Covid-19” tahlili ma`lumotnomasini qalbakilashtirayotgan fuqaro qo`lga olindi

Jamiyat 01.06.2021, 15:58
Teglar: “Covid-19” tahlili
Qashqadaryoda “Covid-19” tahlili ma`lumotnomasini qalbakilashtirayotgan fuqaro qo`lga olindi

   Joriy yilning 01 may kuni Shahrisabz shahar IIB ga fuqaro U.Q. (erkak) va boshqalar tomonidan ariza kelib tushgan bo`lib unga ko`ra, aviakassada ish yurituvchi bo`lib ishlovchi “Ra`no” ismli ayol Rossiya davlatiga ishlashga ketayotgan fuqarolarga “Toshkent-evrolab” MChJ Shahrisabz filiali tomonidan beriladigan “Covid-19” tahlili ma`lumotnomasini qalbaki ko`rinishda 230 ming so`m pul evaziga tayyorlab berayotganligini ma`lum qilib, ushbu shaxsdan pullarini olib berishlarini so`raganlar.Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tezkor qidiruv harakatlari davomida, fuqaro B.G. dan 8 nafar fuqaroga “Covid-19” tahlili ma`lumotnomasi hamda fuqarolar U.Q va Ya.D.dan “Covid-19” tahlili ma`lumotnomalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud texnik kriminalistika ekspertiza xulosasida ashyoviy dalil tariqasida olingan tahlil ma`lumotnomalar rangli printer yordamida tayyorlanganligi, muhr va imzolar qalbaki ekanligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1