Kuni kecha yurtimizga Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Shuningdek, o`tgan vaqt mobaynida:
AstraZenecaning — 660 ming doza,
ZF-UZ-VAC2001ning:
27 martda — 1 million doza,
27 aprelda — 1 million doza,
18 mayda — 1 million doza,
19 mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O`zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga etmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig`i vaksinasiya jarayonlarida qo`llanildi.






