Ijtimoiy tarmoqlarda “Magic city” ko`ngilochar maskanida 1 iyun kuni salyut otilishi haqida xabar tarqalmoqda. Mazkur xabar haqiqatdan yiroq, deya ma`lum qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Eslatib o`tamiz, poytaxtimizda 31 may kuni ochilgan “Magic city” ko`ngilochar maskanida kecha salyut otilgan edi. Bugun ushbu ko`ngilochar maskanda salyut otilmaydi.
Fuqarolarimizni ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida yolg`on xabarlarga ishonmasliklarini so`raymiz.






