Adliya vazirligi bolajonlarni 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan bir qancha sovg`alar hozirladi.
bolahuquqlari.uz portali – 14 yoshgacha bo`lgan bolalar hamda ota-onalarga mo`ljallangan bo`lib, ma`lumotlar bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan. Bolajonlar o`z uylaridan turib ko`ngilochar-interaktiv o`yinlar, mantiqiy topshiriqlar, testlar orqali huquqiy bilimlarini yanada oshirishlari mumkin.
Bolalar uchun yuridik ensiklopediya – Kitobda bolalar yoshlik chog`idanoq o`rganishi zarur bo`lgan huquqiy ma`lumotlar keltirilgan. Har bir ma`lumot bolalar tomonidan yaxshiroq o`zlashtirilishi uchun suratlar bilan boyitilgan.
Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya – Kitobda yoshlar o`z huquqlarini o`rganishi uchun zarur ma`lumotlar keltirilgan. Ensiklopediyani tayyorlashda Konstitusiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, milliy va yuridik ensiklopediyalar, izohli lug`at, internet va boshqa manbalardan keng foydalanilgan.






