Fuqaro S.S Qashqadaryo viloyati IIBga tovlamachilik yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda viloyat IIBning Axborot xizmati xabar qildi.
Xabarga ko`ra, 25 may kuni kech soat 21:00 larda Nishon tumani Nuriston mahallasida yashovchi tanishi Oqila ismli ayolning uyiga borgani, shu kuni kech soat 03:30 da notanish ikki nafar fuqarolar xonadonga bostirib kirib, ularning biri o`zini "Ma`ruf bloger" deb tanishtirib unga "ushbu xonadonga nima sababdan kelgansan" deb urib o`zining telefon apparatiga video tasvirga olganligini, shundan so`ng ushbu "Ma`ruf bloger" ismli shaxs unga ushbu video tasvirni ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborib sharmanda qilishini aytib, undan 2.000.000 so`m pul talab qilib kelayotganligini ma`lum qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda joriy yilning 29 may kuni soat 16:00lar atrofida fuqaro R.M ariza muallifidan talab qilingan 2.000.000 so`m pullardan kimyoviy ishlov berilgan 1.000.000 so`m pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nishon IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






