AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida bir qancha yo`llarda harakatlanish to`xtatiladi

'Toshkent shahrida bir qancha yo`llarda harakatlanish to`xtatiladi'ning rasmi

Poytaxtimizda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirlarga, shuningdek yangi ochilgan “Magic city” ko`ngilochar maskaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz soni ko`pligi sababli transport vositalarining tirbandligi yuzaga keldi. Shu munosabat bilan quyidagi ko`chalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi:

- Seul ko`chasi – Furqat ko`chasidan Bunyodkor ko`chasigacha;  

- Furqat ko`chasi – Islom Karimov ko`chasidan Sharshara ko`chasigacha;

- Bobur ko`chasi – Sharshara ko`chasidan O`rikzor ko`chasigacha.  

Ushbu yo`l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.  

Hurmatli fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlari! “Magic city” va boshqa ko`ngilochar maskanlarga tashrif buyurganingizda transport vositalaringizni boshqa transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermaydigan masofda qoldirishingizni hamda ko`ngilochar maskanga piyoda tashrif buyurishingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar