“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MChJlar mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi (JKning 179, 184, 189-moddalar) yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, “Lyubaya biznes xorosha” MChJ 2019 yilning 16 avgust kuni yuridik shaxs sifatida, ulgurji savdo bilan shug`ullanish maqsadida ro`yxatdan o`tgan edi. Ustav fondi 3 mlrd. so`m bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan “Lyubaya biznes xorosha” MChJ nomi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhoakamaga sabab bo`lgan edi.







