Sirdaryo viloyatida o`tkazilgan tezkor tadbirda o`zini “Departament xodimi” deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning ichki xavfsizlikni ta`minlash bo`limining bildirgisiga asosan Shirin shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.X. boshqa bir fuqaro A.ga o`zini “Departament xodimi” deb tanishtirib, unga 1 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali shahar hududidan bekat do`kon qurish uchun er ajratilishida yordam berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






