Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) seshanba kuni Xitoyning Sinovac Biotech farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac koronavirus vaksinasini favqulodda holatlarda foydalanish uchun tasdiqladi. Bu haqda Sinxua yozdi.
JSST vaksinani 18 yosh va undan katta bo`lganlarga ikki-to`rt hafta oralig`ida ikki dozali rejimda tavsiya qiladi, deyiladi bayonotda.
Samaradorlik monitoringi natijalari shuni ko`rsatdiki, Sinovac simptomatik kasallikning 51 foizini oldini oldi, dedi JSSTning immunizasiya bo`yicha strategik maslahat guruhi.






