AsosiyJamiyat

Toshkentda maktabgacha yoshdagi bolalar o`rtasida velosiped marafoni o`tkazildi (foto)

'Toshkentda maktabgacha yoshdagi bolalar o`rtasida velosiped marafoni o`tkazildi (foto)'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Velosport federasiyasi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) o`rtasida imzolangan Memorandum doirasida zamonaviy begovel (pedalsiz velosiped)lar Toshkent shahridagi 13 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlariga tajriba sifatida berildi. Pedalsiz velosipedning asosiy afzalligi shundaki, bolalar uchun muvozanat saqlashni o`rganish osonroq bo`ladi.

2021 yil 1 iyun kuni Toshkent shahrida “Kelajakka yashil qadam” shiori ostida 6 yoshgacha bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalar o`rtasida I velosiped marafoni tashkil etildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi. 

Unda 65 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari hamda velosport bo`yicha O`zbekiston sportchilari qatnashdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, O`zbekiston Velosport federasiyasi raisi T.Narbaeva ishtirok etib, so`zga chiqdi.

Bolalar velosiped marafonining asosiy maqsadi – atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil transportdan foydalanish sohasida barqaror ko`nikmalarni shakllantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o`rtasida velosiped sportini ommalashtirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish hamda madaniyatni shakllantirish, yo`llardan kesib o`tishda bolalardagi o`zini tutish va yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.

Ta`kidlash joizki, bu kabi – bolalar velosiped marafoni O`zbekistonda va Markaziy Osiyoda birinchi marta o`tkazildi.

O`zbekistonning Velosport federasiyasi tashabbusi bilan kelgusida respublikaning barcha hududlaridagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari balansini velosipedlar bilan bosqichma-bosqich ta`minlash ishlari olib boriladi hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug`ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

Velomarafonda ishtirok etayotgan bolalar medallar, esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi va ular uchun bolalarning ko`ngilochar dasturi tashkil etildi.


 

    Boshqa yangiliklar