AsosiyJamiyat

4 ta tuman tadbirkorlari 2024 yilgacha ayrim soliqlardan ozod qilinadi, shuningdek...

'4 ta tuman tadbirkorlari 2024 yilgacha ayrim soliqlardan ozod qilinadi, shuningdek...'ning rasmi

Bu haqda ayni paytda Surxondaryo viloyati hokimligida  Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Yig`ilishda Prezident Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik sub`ektlarini er, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat`iy miqdordagi daromad solig`idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.

Bundan tashqari,  viloyatdagi tog`li va sho`r erlarda yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub`ektlarini ham 2024 yil 1 yanvarga qadar yuqoridagi soliqlardan ozod qilish hamda foyda solig`i stavkasini 2  barobarga kamaytirish kutilmoqda.

Davlat rahbari Bosh vazir o`rinbosarlari- J. Qo`chqorov, S. Umurzoqov va viloyat hokimiga bir oy muddatda ushbu imtiyozlar bo`yicha Soliq kodeksiga tegishli qo`shimchalar kiritish va ularni 1 iyuldan qo`llash to`g`risidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

 

    Boshqa yangiliklar