AsosiyJamiyat

Urgutlik talaba MDHda yilning eng yaxshi yosh olimi bo`ldi

'Urgutlik talaba MDHda yilning eng yaxshi yosh olimi bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston nomidan qatnashgan Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi Asliddin Akbarov vatanimiz sharafini munosib himoya qilib tibbiyot yo`nalishi bo`yicha faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritdi.

Murakkab pandemiya sharoitiga qaramay, yurtimiz va xalqaro miqyosda o`tkazilayotgan turli tanlovlar yoshlarning ilmiy izlanishlarini rag`batlantirib, ularning faoliyatida motivasiya bo`lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning aprel oyida Qozog`istonning Nur-sulton shahrida bo`lib o`tgan «MDH yosh olimlari – 2021» xalqaro tanlovda MDHning 14 mamlakatidan turli yo`nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan mingdan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko`ra Asliddinning ilmiy ishlari qo`lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda hakamlar tomonidan yuqori baholanib, tanlov ishtirokchilari orasida tibbiyotga oid eng yaxshi izlanish deb topildi va 1 o`ringa munosib ko`rildi.

Asliddin Akbarov Samarqand viloyatida tug`ilgan yoshlik chog`laridanoq tibbiyot sohasiga o`zgacha mehr qo`yib harakat va intilish bilan birgalikda ota onasidan hamisha duo olardi.

Asliddin 2019 yilda Urgut tibbiyot kolleji «Davolash ishi, yo`nalishini imtiyozli tugatib Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalar safidan joy oldi. O`qishi davomida o`zining faol va zukkoligi o`quv faoliyatida tashabbuskorligi bilan ustozlar mehrini qozondi. Uning 40 ga yaqin ilmiy maqola tezislari respublika va xalqaro konferensiyalarda nashr etilgan. Turli tanlov konkurs va xalqaro olimpiada g`olibligini qo`lga kiritgan.

Butun dunyoni xavf ostiga solib turgan koronavirus pandemiyasi davrida qiyinchiliklarga qaramay o`z kasbiga sodiqligi va mas`uliyat bilan 2020 yil 22 iyuldan 20 avgustga qadar Toshkent viloyati Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi karantin zonasida tibbiyot feldsheri vazifasida bemorlarni davolashda o`z hissasini samarali qo`shib fidokorona mehnati uchun Sog`liqni saqlash tashakkurnomasi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar