AsosiyJamiyat

Qarshi shahar jamoat transportida elektron to`lov tizimi joriy etilishi mumkin

'Qarshi shahar jamoat transportida elektron to`lov tizimi joriy etilishi mumkin'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi boshlig`i Narzulla Namozovning taklifiga ko`ra “Avtomatlashtirilgan transport to`lov tizimi operatori” MChJ vakillari viloyatga bordi.

Ushbu kompaniya yo`l haqi uchun avtomatlashtirilgan to`lov tizimini joriy qilgan bo`lib, undan bugungi kunda Toshkent shahrida avtobus va metroda keng foydalanilmoqda.  

Viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko`ra,  kelgusida Qarshi shahar jamoat transportida ham mazkur yangilikni qo`llash ko`zda tutilgan. Maqsad yo`lovchilarga qulaylik yaratish, to`lovning maqbul usullarini taklif etishdir.  

E`tiborlisi, ayni paytda viloyat markazida 10 dan ortiq avtobus yo`nalishlari tashkil etilgan, 4 ta tashuvchi korxona aholiga o`z xizmatini ko`rsatib kelmoqda.  

Boshqarma bo`lim boshlig`i Ozod Hayitov hamrohligida kompaniya vakillari tashuvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar